1

​O`zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

Jamiyat 19.05.2017, 22:13
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Turkmaniston
​O`zbekiston Prezidenti Turkmanistonga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19 may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov kutib oldi, deb yozadi O`zA.

Turkmanboshi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga O`zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari ko`tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Turkmanboshi shahrida o`tadigan uchrashuv va muzokaralar Prezidentimizning joriy yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o`tgan oliy darajadagi muloqotning mantiqiy davomi bo`lib, ularda mamlakatlarimiz o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan. Mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari vakillari o`rtasida o`zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Orol fojiasidan eng ko`p zarar ko`rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan "Avaza" milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.

Sharhlar

⚡️ Turkmaniston O`zbekistonga bepul suyultirilgan gaz beradi

04.02.2023, 11:49

Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...
Turkmaniston O`zbekistonga gaz eksportini qayta tikladi

23.01.2023, 12:13

Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan  tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
O`zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi

21.10.2022, 11:35

Turkmanistonda oliy darajadagi muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Dastlab, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1