Amerikaning Vashington shtatidagi Port-Tausend shahridagi charxpalak attraksionida uchayotgan 2 ayol va 7 yoshli bola uning qulashi oqibatida tan jarohati oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ikki ayol va bola o`tirgan kabina 4,6 metr balandlikka ko`tarilganda ag`darilib ketdi. Ular metall qoplamali maydonga quladi. Yiqilgan ayollardan biri pastki kabinada o`tirgan erkakni bosib qoldi, erkak bundan jabrlanmadi. Tan jarohati olgan ayollardan biri og`ir ahvolda vertolyotda kasalxonaga olib ketildi. Bola va yana bir ayolning ahvoli qonikarli darajada. Charxpalak ag`darilishiga nima sabab bo`lgani o`rganilmoqda. Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.