1

​O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ar-Riyodga keldi

Jamiyat 21.05.2017, 00:06
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ar-Riyodga keldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 21 may kuni Ar-Riyod shahrida bo`ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi.

O`zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, deb yozadi O`zA.

Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazish rejalashtirilgan.

Saudiya Podshohi va Valiahdi bilan muzokaralarda mamlakatlarimiz o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1