Facebook ijtimoiy tarmog`ida tomosha vaqtida hayvon o`rgatuvchiga sherning tashlangani aks etgan video juda mashhur bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Voqea Fransiyada ro`y berdi. Sirk xodimlari quturgan sherni hayvon o`rgatuvchidan ajratish uchun tutunli ballondan foydalanishga majbur bo`ldi. Qutqaruvchining hayotini saqlab qolish uchun besh soatlik operasiya o`tkazildi. Sher tomoshabin bolalarning ko`z o`ngida hayvon o`rgatuvchiga tashlanib, uning g`ajib tashladi.
Mazkur voqeadan keyin sirk ma`muriyati sherni hayvonot bog`iga topshirishga qaror qildi.