AsosiyDunyo

​Shvesariyalik ekstremal 240 metr balandlikdagi 1210 metrlik arqon ustidan o`tib, rekord o`rnatdi

'​Shvesariyalik ekstremal 240 metr balandlikdagi 1210 metrlik arqon ustidan o`tib, rekord o`rnatdi'ning rasmi

Shvesariyada yashovchi Samuel Voleri 240 metr balandlik ustiga tortilgan, uzunligi 1210 metr bo`lgan neylon arqon ustidan yurib, dunyo rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Mazkur rekordni u Turkiyada o`tkazilgan Levent International Outdoor Sports Festival festivalida o`rnatdi. U AQShning Grand-Kanon qoyalariga o`xshash joyni Turkiyaning Levent vodiysidan topdi. Bu erga barcha alpinistlar va boshqa ektremallar to`plandi.

Yon tomondan esgan shamol uni qulatishiga bir bahya qoldi, ammo Voleri o`zini tutib oldi. Dunyo bo`yicha hali hech kim Voleri erishgan natijaga erishmagan va bunchalik baland, uzun arqon ustidan o`tolmagan.

“Mazkur rekordni o`tgan yili Marokashda o`rnatishga harakat qilgan edim, ammo o`shanda noqulay ob-havo sharoiti xalaqit qilgandi. Men bu yil Leventga butun boshli jamoam bilan tashrif buyurdim, ilk urinishdayoq ko`zlagan maqsadimga etdim. Bu esa ulkan muvaffaqiyatdir”, dedi Voleri.

Uning so`zlariga qaraganda, bunday uzun masofani bosib o`tishda shamolning roli kattadir. Kuchli shamol essa sportchi hech qanday natijaga erisha olmaydi, u shug`ullanadigan sleklayn, deb nomlanuvchi ekstremal sport turida hamma narsa ob-havo sharoitiga bog`liq.

Sleklayn – sportning ekstremal turi bo`lib, balandlikka tortilgan uzun arqon ustidan himoya vositasi bilan yoki himoya vositasiz o`tishni anglatadi.

Boshqa yangiliklar