Tel-Aviv shahrida bir guruh yo`lovchilarni avtomobil bosib ketdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur holat terakt bo`lishi ham mumkin, deb ma`lumot berdi mahalliy telekanal.
“Tel-Avivdagi Yaffo ko`chasida avtomobil bosib ketishi oqibatida 5-6 kishi janbrlandi”, deb xabar berdi mahalliy o`ninchi telekanal. “Tez yordam” xizmati ham mazkur ma`lumotni tasdiqladi.
“Soat11.22 da Tel-Aviv shahrida avtomobil bosib ketishi oqibatida yo`lovchilar jabrlangani haqida bizga xabar berildi”, deb yozdi “Tez yordam” xizmati o`zining Twitter mikroblogida.
Voqea AQSh prezidenti Donald Trampning Isroilga uchib kelishidan bir soat ilgari ro`y berdi.






