AsosiyDunyo

​Dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketdi (Video)

'​Dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketdi (Video)'ning rasmi

Kanadada dengiz arsloni qirg`oqda o`tirgan qizchaga hujum qilib, uni suv tagiga tortib ketmoqchi bo`ldi, Tjournal.ru nashri.

Kanadaning Richmond shahrida yashovchi talaba yigit dengiz arsloni qizchani suvga tortib ketmoqchi bo`lgani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Unda qirg`oq yaqinida suvda suzib yurgan dengiz arsloniga non tashlayotgan odamlar aks etgan.

Ammo dengiz arsloni nonning o`rniga qizchani nishonga oldi. U orqaga o`girilganda, hayvon uning ko`ylagidan tishlab suv qa`riga tortdi. Hayvonning harakatlarini tomosha qilib turgan erkaklardan biri qizchani qutqarish uchun o`zini suvga otdi va uni qirg`oqqa olib chiqdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.


Boshqa yangiliklar