Belorusning Minsk tumanidagi Xatejino agroshaharchasi yaqinidagi yo`l bo`yida g`alati momoqaymoqlar (qoqio`t) o`sayotgani aniqlandi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Ichi g`ovak ulkan poyalarda 5-6 donadan sap-sariq gulchalar mavjud. Olimlar momaqaymoqning bunday mutasiyaga uchrashiga nima sabab bo`lganligini hozircha aniqlay olmadi, ularning fikricha mazkur holatga ekologiya buzilishi ham sabab bo`lishi mumkin.