AsosiyDunyo

​Manchester stadionidagi portlash oqibatida odamlar qurbon bo`ldi (Video)

'​Manchester stadionidagi portlash oqibatida odamlar qurbon bo`ldi (Video)'ning rasmi

Britaniyaning Manchester shahar stadionida portlash bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Dushanba, 22 may kuni “Manchester Arene” stadionida konsert bo`layotgan edi. Xonanda Ariana Grande so`nggi qo`shig`ini ijro etib, sahnani tark etgach, kuchli portlash ovozi yangradi. Stadiondagi tomoshabinlar bundan vahimaga tushib, chiqish eshigi tomonga yugurishdi. Voqea joyiga polisiya avtomobillari va “Tez yordam” mashinalari etib keldi. Stadion yonida joylashgan Viktoriya vokzali yopildi, poezdlar harakati to`xtatildi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, bir necha kishi qurbon bo`lgan, yaralanganlar ham bor.


Boshqa yangiliklar