​Shavkat Mirziyoev Ar-Riyod shahrida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

Jamiyat 23.05.2017, 11:11
Teglar: O`zbekiston, AQSh, Donald Tramp, Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev Ar-Riyod shahrida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo`lib o`tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi.

Mazkur forum ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, bag`rikenglik g`oyalarini ilgari surish, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bag`ishlandi.

Sammit doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bir qator davlat rahbarlari bilan muloqotda bo`ldi, deb yozadi O`zA.

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp davlatimiz rahbari bilan uchrashuvda O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonini yuqori baholadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlud Chovusho`g`li bilan uchrashib, davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Islom taraqqiyot banki Prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi.

Sharhlar

⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
AQShda eng zamonaviy "ko`rinmas" bombardimonchi samolyot namoyish etildi

03.12.2022, 12:40

AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...