AsosiySalomatlik

​“Qon bosimi bo`lsa, tug`ish xavflimi?”

'​“Qon bosimi bo`lsa, tug`ish xavflimi?”'ning rasmi

— 7 oylik homiladorman. Shu kunlarda boshim og`rib, o`zimni yomon his qila boshladim. Qon bosimim oshibdi. Aytishlaricha, arterial qon bosimi baland homiladorlarning tug`ish jarayoni xavfli kechar ekan. Shu gap rostmi?

AZIZA, Navoiy viloyati

Savolga oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Nilufar BO`STONOVA javob beradi.

— Homiladorlikning so`nggi uch oyligida ayolning arterial qon bosimi oshishi patologiya qisoblanadi. Davolash choralari kechiktirilmasligi zarur. Bu davrda qon bosimining ko`tarilishiga bo`yrakdagi shamollash yoki toshlar, shuningdek, homilaning jadallik bilan o`sib onaning buyragiga bosim berayotgani sabab bo`lishi mumkin. Qon bosimi ko`tarilganda yo`ldoshda joylashgan qon tomirlari homilaga kislorod etkazib berishga ulgurmaydi. Natijada esa homilada asfeksiya, bosh miya qon bosimi oshish xavfi ortadi. Bunday ayollar tug`ruqqacha shifokor nazoratida bo`lishlari zarur. Tug`ruqdan so`ng ayol buyragini davolatishi kerak.

Boshqa yangiliklar