AsosiyDunyo

​Xitoyda sodir bo`lgan YTHda 32 nafar bola jabrlandi

'​Xitoyda sodir bo`lgan YTHda 32 nafar bola jabrlandi'ning rasmi

Xitoyning janubida joylashgan Guansi-Chjuan avtonom viloyatida yo`l-trasport hodisasi oqibatida 32 nafar bola yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

“Sinxua” agentligi bergan ma`lumotga ko`ra, 23 may kuni kechqurun bolalar bog`chasi tomondan ijaraga olingan mikroavtobus boshqaruvni yo`qotib, ichidagi bolalar bilan birga jarlikdan pastga qulagan.

Avtofalokat mashhur sayyohlik markazi bo`lgan Linguy tumanining Guylin shahrida ro`y berdi. 11 yo`lovchiga mo`ljallangan mikroavtobusda 34 nafar yo`lovchi bo`lgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar