AsosiyDunyo

​Fransiya maktablarida arab tili o`rgatiladigan bo`ldi

'​Fransiya maktablarida arab tili o`rgatiladigan bo`ldi'ning rasmi

Ekspertlarning fikricha, endi muhojirlar emas, balki Fransiya fuqarolari ularga moslashadi, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.

Endidan boshlab, Fransiya maktablarida an`anaviy Evropa tillari bilan bir qatorda arab tili ham o`rgatiladi. Bu yil Fransiyaning 392 ta boshlang`ich maktabida sinov tariqasida arab tili darsi o`tiladi.

Ekspertlarning fikricha, bunday chora-tadbirning qo`llanishi tufayli muhojirlar emas, fransuzlar ularga moslashadi. Yangi prezident Emmanuel Makron rahbarligi vaqtida arab tili yanadan mashhurlikka erishishi ta`kidlandi. Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, Frasiyada 7 million nafargacha islom diniga e`tiqod qiluvchi aholi yashaydi. Ilgari Fransiya maktablarida o`qiydigan o`quvchilar xohishlariga ko`ra, Evropa tillaridan birini va turk tilini o`rganishar edi. Arab tili esa o`z madaniyatini, tilini unutmaslik, tarixiy vatanidan uzilib qolmaslik uchun faqatgina muhojirlarning farzandlariga o`rgatilgan.

Boshqa yangiliklar