AsosiyJinoyat
12047

​Oilaviy mulkni o`zlashtirish maqsadida 11.100 AQSh dollar o`g`irlangani haqida yolg`on xabar bergan ayol qo`lga olindi

'​Oilaviy mulkni o`zlashtirish maqsadida 11.100 AQSh dollar o`g`irlangani haqida yolg`on xabar bergan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

2017 yil 01 aprel kuni, fuqaro Zarofat Saidganievna Axmedova Yunusobod tuman IIBBga murojaat qilib, noma`lum shaxs uning xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, talonchilik yo`li bilan 11.100 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarini egallaganligini ma`lum qilgan.

Mazkur holat bo`yicha Yunusobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 166-moddasi 3-qismi «b» bandi (talonchilik, uy-joyga g`ayriqonuniy ravishda kirib) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Lekin, dastlabki tergov jarayonida Axmedova turmush o`rtog`i bilan o`zaro kelishmovchilik natijasida, g`arazgo`ylik niyatida, umumiy oilaviy mulkni o`zlashtirish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yolg`on xabar bilan murojaat etib, yolg`on guvohlik berganligi aniqlangan.

Tergov natijasiga ko`ra, Axmedova O`zbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (yolg`on xabar berish) va 238-moddasi 1-qismi (yolg`on guvohlik berish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar