AsosiyMutolaa

Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)

'Iftorlikkacha... (​Hayotiy voqea)'ning rasmi

Beixtiyor tamshandi. Tili tanglayiga zulukdek yopishib, harakatsiz to`xtadi. Labini yalamoqchi bo`lgandi, og`ziga quruq, dag`al, qog`ozdek shiqirlagan narsa ilindi. Yutingandi, dimog`ida ham namlik sezmadi.

«Kun bo`yi quyoshda yurdim, — o`yladi u go`sht bozoriga umid bilan kirayotganida. — Tinkam qurib ketganga o`xshaydi. Tik oyoqda yuraversang, charchaganingni sezmaysan, lekin hozir birpas o`tirsang bormi, tanangni jon tark etayotgandek shalvirab qolasan...»

U har kuni ro`zg`orning yugur-yuguri bilan hali bozorga keladi, hali tomorqaga kiradi, hali o`choq-tandirning atrofida kuymalanadi. Bugun ham saharlikdan keyin tomorqadagi sabzining bir jo`yagini begona o`tlardan tozaladi. Keyin gullab-gurkirab yotgan kartoshkalarining tagini kavlab, ikki sumka terib oldi. Bozorga olib boradi. Harna bir-ikki so`m-da. Ikki sumkani ko`tarib uy tomon kelayotgandi, katta o`g`li boshini qashib chiqib keldi.

  • Turdilaringmi, bolam? — dedi u bo`yi ancha cho`zilib, elkalari ham kengayib, otasining kelbatini ola boshlagan o`g`lidan ko`z uzmay.
  • Nimalar qilib yuribsiz? Uyg`otmaysizmi, o`zim terib berardim, — norozi to`ng`iladi o`g`li.
  • Opangning hasip egisi kelibdi. Bozorga so`ppayib bormay, dedim. Sotsam pul.
  • Opam kelarmikan?
  • Ha. Kechga tomon kelib, yotib ketarkan. Birinchi marta bemalol kelishi. «Nima pishirib qo`yay desam», «hasip» dedi. Bolam bechora erta-indin tug`adi. Har nima tusaydi-da ko`ngli.
  • Ertaroq uyg`otmabsiz-da! Pomidorlarga suv qo`yishim kerak edi, — dedi o`g`li tomorqa tomon yurarkan.
  • Menam bir kirsam, chiqolmay qolaman. Sabzini «o`toq» qilib qolib ketdim. Singling turdimi?
  • Uxlayapti...
  • Qayoqqa oyi? — uyqusi o`chmagan ko`zlarini ishqalab so`radi qizi.
  • Bugun opang keladi. Yotib ketadi. Bozorga borib kelay. Hasiplik go`sht olishim kerak.
  • Hasip qilasizmi? — ko`zlari porlab ketdi qizchaning.
  • Ketdingizmi, oyi? — ortidan qizining ovozi keldi.
  • Ha. Choy qilib, akangni chaqir. Tomorqada och-nahor ishlayvermasin! Uylarni yig`ishtirib qo`y, opang keladi, dedim-a! Tushlikka yangi kartoshkadan qovurib eya qolinglar!
  • Sizam kartoshka olib keldingizmi? Butun dunyoni kartoshka bosib ketganmi, tavba? Nariroq turing, o`zi bir soatdan buyon sotolmay yotibman, — shang`illay ketdi yonidagi ayol.
  • Ishqilib sotay-da! Uyga qaytarib olib ketmay... — ming`irlab qo`ydi o`zicha.
  • Og`zim qurib ketdi-ya! Ishqilib, iftorlikkacha eson-omon etib olaylik... — deb qo`ydi u yonidagi ayolga.
  • Yur tez-tez! — ularning yoniga qo`lida chaqaloq ko`targan yoshgina kelin keldi. — Rahmat xola. Qo`yvoring, o`zi yuradi.
  • Yuring oy-i-i, — yalingan ovoz keldi naridan.
  • Uch bola bilan issiqda nima qilib yuribsiz? Yana hammasi kichkina ekan?
  • Otamning qon bosimi chiqib ketibdi. Shunga shoshib ketayotgandim. Buni ko`rmaysizmi, oyog`i chalkashib yiqilgani-yiqilgan.
  • Kichkina ekan-da! Katta odamlar chidolmayapti-ku issiqqa! — dedi jajji qizaloqni bag`ridan qo`ymay o`rnidan turarkan. — Qaysi tomonga yurasiz? Qo`yishib kelay...
  • Katta bekatga borishim kerak...
  • Rahmat, xola. Uyg`oting uni. Sizni ham ovora qildik.
  • Juda shirin uxlayapti. Qaysi taksiga o`tirasiz, birorta odamning qo`liga beramiz, — dedi ayol go`dakka achinib.
  • Tongda bo`ladi, kalla go`sht. Bu issiqda uni saqlab bo`ladimi? Eng oxirini yarim soatcha avval sotishdi-yov! — deyishdi hammasi.
  • Hasiplik go`shtni qaerdan topsam bo`ladi? — deya bozorda zir yugurdi.
  • Oyim keldi, — degan ovozdan so`ng xushi o`ziga qaytdi.
  • Opang keldimi? — dedi u kichkina qiziga qararkan.
  • Yo`q hali. Qo`shnimiz Gulnora opa bir dunyo go`sht tashlab ketdi. Boqayotgan ho`kizlarini so`yishibdi. «Sizlarning ham haqingiz bor. Oyingiz tomorqalaringizdan rosa o`t yulib tashlardi», dedi.
  • Mana oyi...
  • Voy, hasiplik go`sht-ku! — ayolning ko`zlari chaqnab ketdi. Qara, atay hasip qilishsin, deb beribdi-da Gulnora. Xudoyimdan aylanay, uyga go`sht kelganini bilib, menga kelinchakni ro`baro` qilgan ekan-da!

U ikki sumkani eshik oldiga qo`ydi-da, shirin uxlab yotgan kichkina qizini uyg`otdi. Keyin kiyinib chiqdi.

«Hammasi rahmatli otasiga o`xshab, hasipni yaxshi ko`radi. Tirik bo`lganida hozir uyam quvongan bo`lardi... — uyladi u. — Ha mayli, peshanasida bor ekan, qirq yoshning ustida ketish. Bolaligida sariq bo`lgan ekan. Og`ir mehnat ko`p qildi, aroq ichdi. Jigari ishdan chiqqanini sezmay ham qoldi. To`rt yildan oshibdi shunga ham...»

U o`zini ancha tutib olganini o`ylab, Xudoga shukr qildi. Harqalay, qiz chiqardi, o`g`li kollejda o`qiyapti. Kichkina qizi ham hademay maktabni bitiradi. Bir oyga qolmay, nevara ko`radi...

Xayol bilan uydan chiqib, ikki sumkadagi kartoshni ko`tarib, yo`lga tushdi.

Ramazon oyi bo`lishiga qaramay bozor gavjum. Nisholdayu xurmoning ko`pligi ro`za boshlanganini aytib turibdi.

«Kartoshkamni yaxshi pulga sotsam, bir qutigina xurmo ham olvolaman. Xurmo bilan og`iz ochish juda savobli emish. Nisholda ham olsammikan? Bolalarim erdi-da! «Katta qizim ham eb ketarmidi? Yaxshisi, nisholda olaman! Xurmoni boshqa safar olarman...»

U bolalarining og`zi tegishini o`ylab, ko`p narsa olishni diliga tugdi. Dehqon bozorining chetrog`iga o`tib, kartoshkasini oldiga qo`ydi.

Shundagina u atrofga nazar tashladi. Rostdan ham kartoshka sotayotganlar ko`p edi. U buni bir soat o`tib ham bir kilo sota olmaganida yanayam chuqur his qildi.

Quyosh erga uzangan nurlari orqali bor namlik, salqin havoni tortib olayotgandek edi. Shu darajada issiq va dim bo`ldiki, uning nafasi qayta boshladi. Og`zini namlash uchun tamshanay desa, tili harakatlanmasdi.

Bir soat o`tib, niyati o`zgardi: «Ishqilib, sota olay. Hasiplik go`shtlar tugab ketmasa, edi...»

Bandaning aytgani bo`larmidi? Tushdan keyin zo`rg`a ikkinchi sumkasi yarim bo`ldi. Qolgan uch-to`rt kilo kartoshka ko`ziga balodek ko`rina boshladi. Sillasi ham quridi, issiqda o`tiraverib. U oxiri qolgan kartoshkani qaytarib olib ketishga qaror qildi. Nima bo`pti, uyda eyilib ketadi-ku!

U sumkasini yig`di-da, o`rnidan qo`zg`aldi. Boradi-yu, go`shtni olib uyga jo`naydi. Hali go`shtni yuvib-chayib qozonga osgunicha ham gap ko`p. Kech bo`lib ketmasa bo`ldi. Qizining kelishiga tayyor bo`lsa, zo`r bo`lardi-yu, qani unga vaqt?

Ayol qadamini tezlatdi. Go`sht bozori tomonga endi burilmoqchi edi, bolaning chinqirib yig`lagani eshitildi. Undan sal narida bir yarim yasharcha qizaloq qaynoq asfaltga yiqilib, kuyayotgan qo`l-oyoqlarini tipirchilatib baqirardi. U jon holatda go`dak tomon otildi. Erdan ko`tarib oldi-yu, bag`riga bosdi. Sho`rlik qizaloqcha terga botgan, yuzlari bo`g`riqib ketgan, behuzur bo`lib ham yig`idan o`zini tiyolmasdi.

Kelinchak chaqalog`ini bag`riga mahkam bosgan, bilagidan sumkasi ham osilib turardi.

Ayol bo`ynini cho`zib qarab, uch yoshcha keladigan qizchani ko`rdi. Uyam qo`lida elim paket ko`tarib olgandi.

Ayol yo`lni chamalab ichini urib qo`ydi. Chunki etti yuz-sakkiz yuz metrcha narida. Bozorni aylanib chiqib, ko`prikdan o`tib, yana picha yurish kerak. U sumkasini elkasiga amallab o`tkazdi-da, qizaloqni mahkamroq tutdi. Uch yashar qizaloqqa ham rahmi keldi-yu, nachora. Ozgina yurar-yurmas qo`lidagi qizcha uxlab qoldi. Endi ayol qo`li toliqqanida uni erga qo`ya olmasdi ham. Qadamini tezlatay desa, kelinchak ham, o`zi ham uch yashar qizaloqning odimi bilan hisoblashib kelayapti.

U charchaganini sezdi. Madori quridi. Tili butkul tanglayiga yopishdi.

«Iftorlikkacha sabr ber, Xudoyim!»

Joni halqumiga kelib, bekatga etdi. O`rindiqqa cho`karkan, qo`llari hech narsani sezmayotganini his qildi. Uch kilodan ortiqroq kartoshka, qizcha va tashnalik tinkasini quritgandi.

So`ng aytganini qilib, bolani taksida o`tirgan yosh yigitning qo`liga tutqazdi-da, kelinchak bilan xayrlashdi.

«Shuncha yo`lga orqaga qaytaman, endi. Mayli og`rinmay, savob-ku! Jonim qolmadi lekin. Yiqilib tushmasam edi...»

U suvsizlikdan lablarining ham yorilib ketganini sezdi. Shosha-pisha go`sht bozorga kirarkan, hiddan ko`ngli ag`darildi. Tishini tishiga bosib atrofga alangladi. Izlagani yo`q! Qassoblardan surishtirdi.

Ayol bor-budidan ayrilgan kishidek shalvirab qoldi.

«Qizimga nima deyman? Oyim hasip pishirib o`tiribdi, deya tomog`i tushib kelayotgandir?»

Ayolning madorsizligi ham, chanqagani, ro`zadorligi ham unut bo`ldi.

Natija yo`q. Ichidan nimadir uzilgandek bo`ldi. Yig`lab yuboray dedi. Sudralib, parishon holda bozordan chiqdi. Oladigan boshqa narsalarni ham esdan chiqaribdi. Uyga qanday kelganini ham bilmaydi.

Ayol qo`lidagi sumkani «to`p» etkazib bir chetga tashladi-da, uyga kirdi. Qizi elim tog`oracha xom go`sht ko`tarib keldi.

U horg`inligini ham, tashnaligini ham unutdi. Vujudi kuchga to`lib, hasip pishirishga kirishdi. «Nisholdami, xurmomi olish ham esimga kelmabdi-ya», deb ichini urgan bo`lsa-da, dimog`i chog` edi...

KAMINA

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar