Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi 2 kun ichida poytaxtda yuz bergan yong`inlar to`g`risida axborot berdi.
Jumladan, 2017 yil 27 may kuni soat 10:00 da, Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, “Ulkan Gaz” MChJ raxbarining xonasida 6 kv.metr maydon yongan. Yong`in sababi aniqlanmoqda

2017 yil 27 may kuni soat 15:35 da Uchtepa tumani, Mirxund 4-tor ko`chasi 11-a uyning tom qismi 3 kv.metr maydon yongan. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

2017 yil 28 may kuni soat 02:12 da Shayxontoxur tumani, Beshyog`och ko`chasi 3-B uyning 1-qavat 4-xonadon yaqinida turgan «Lasetti» avtoulovi motor, saloni va 4-xonadonning rom qismi 3 kv.m. maydonda yongan. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

2017 yil 28 may kuni soat 04:21 da Olmazor tumani, Noraztepa ko`chasi 52-uyda joylashgan “Prestij profin sustem” korxonasida ruberoid ishlab chiqarish sexining ichki qismi va uskunalari 70 kv.m.maydon yongan. Yong`in sababi aniqlanmoqda.

2017 yil 28 may kuni soat 07:20 da Yunusobod tumani, Yunusobod 4-daxasi 28-uyda joylashgan Tikuv sexining ichki qismi va uskunalar, 200 kv.m.maydonda yongan. Yong`in oqibatida jaroxat olganlar yo`k . Yong`in sababi aniqlanmoqda.







