AsosiySport

MTJning uch nafar asosiy tarkib a`zosi Eron bilan o`ynamaydi

'MTJning uch nafar asosiy tarkib a`zosi Eron bilan o`ynamaydi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Tailandga qarshi o`rtoqlik o`yini va Eronga qarshi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 8-tur o`yinlariga 28 futbolchini jalb qilgani xabar berilgandi.

Sports.uz nashrining O`FF matbuot xizmatiga tayanib ma`lum qilishicha, O`zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov (“Qo`qon-1912”) klub mashg`ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o`tkazib yuboradi.

Qayd etish kerakki, Vitaliy Denisov Qatarga qarshi JCh–2018 turniri 7-turida ham maydonga tusha olmagandi.

Eslatib o`tamiz, Eron – O`zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanishi ko`zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar