AsosiyDunyo

​Turkiyaga parvoz qilgan samolyot bortdagi janjal tufayli Krasnodarga qo`nishga majbur bo`ldi

'​Turkiyaga parvoz qilgan samolyot bortdagi janjal tufayli Krasnodarga qo`nishga majbur bo`ldi'ning rasmi

Moskvadan Turkiyaning Bodrum kurort shahriga parvoz qilgan yo`lovchi layneri bortda yo`lovchilardan birining janjal ko`targani sababli Krasnodarga majburiy qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Moskva-Bodrum reysini amalga oshirayotgan samolyot bortidagi yo`lovchilardan biri spirtli ichimlik ichib, yonida o`tirgan boshqa yo`lovchi bilan urushib, janjal ko`tarishi oqibatida avialayner Krasnodarga qo`nishga majbur bo`ldi.

Bort kuzatuvchilari erkakni tinchlantira olmagach, komandir parvozni to`xtatishga qaror qildi. Samolyot Krasnodarning Pashkovskiy aeroportiga qo`ndi. Janjal ko`targan yo`lovchilar reysdan olinib, krasnodarlik polisiyachilar qo`liga topshirildi. Shundan keyin layner o`z yo`lida davom etdi. Samolyotning qaysi aviakompaniyaga tegishli ekanligi haqida ma`lumot berilmadi.

Boshqa yangiliklar