AsosiyJamiyat

​Fransiya elchixonasi xodimi Chimyonda halok bo`ldi

'​Fransiya elchixonasi xodimi Chimyonda halok bo`ldi'ning rasmi

Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi 27 may kuni elchixona xodimlaridan biri Fransis Delegning baxtsiz hodisa oqibatida halok bo`lgani haqida xabar berdi.

Fransis Deleg tezkor xavfsizlik xizmatining mintaqaviy rahbari hamda Tojikiston va Turkmaniston masalalari bo`yicha vakolatli xodimi bo`lgan.

Dipmissiyadan “RIA novosti” agentligiga xabar berishlaricha, u Chimyon tog`larida paraplanda parvoz qilayotgan chog`ida yiqilib, halok bo`lgan. Shuningdek elchixona vakili hozircha Delegning jasadi Toshkentda ekanligini ma`lum qildi. Ayni damda O`zbekiston hukumati tomonidan uni Vataniga transportirovka qilish masalalari ko`rib chiqilmoqda.

Elchixonaning barcha xodimlari uning oilasi, yaqinlariga hamdardlik izhor qilib, O`zbekiston va Fransiya davlatlari fuqarolariga og`ir damda qo`llab-quvvatlayotgani uchun minatdorchilik bildirishmoqda.

Boshqa yangiliklar