AsosiyDunyo

​AQShdagi parad paytida asov poni uch kishini bosib ketdi (Video)

'​AQShdagi parad paytida asov poni uch kishini bosib ketdi (Video)'ning rasmi

AQShning Viskonsin shtatida har yili may oyining oxirgi dushanbasida o`tkaziladigan xotira kunida asov poni tomoshaga kelgan uch nafar odamni bosib ketdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Aravaga qo`shilgan asov poni egasining buyrug`iga quloq solmay, tomoshabinlar to`dasiga o`zini urdi. Oqibatda uch nafar tomoshabin turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

Ponining bunday harakatni amalga oshirishiga qo`rquv sabab bo`ldi. U odamlar otgan mushakdan va bolalar irg`itgan tennis to`pidan cho`chib ketgan. Hayvonni to`xtatishga qancha harakat qilinmasin, u o`zini tomoshabinlar to`dasiga urdi. Barcha jabrlanganlar, shu jumladan 9 yoshli bola ham mahalliy kasalxonaga yotqizildi. Poniga ham mutaxassislar yordami kerak bo`ldi, u veterinarga olib borildi.


Boshqa yangiliklar