AsosiyJamiyat

​Yangi «O`zbekiston 24» telekanaliga rahbar tayinlandi

'​Yangi «O`zbekiston 24» telekanaliga rahbar tayinlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoev may oyi boshida Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O`zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to`g`risidagi qarorni imzolagandi. Telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo`ladi hamda mamlakat va xorijda yuz berayotgan muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritib boradi.

Milliy teleradiokompaniya (MTRK)ning UZ24ga bergan xabarlariga ko`ra, Ozod Hamidxo`jaev «O`zbekiston 24» telekanali rahbarligiga tayinlandi. Hamidxo`jaev avval «O`zbekiston» telekanalining «Axborot» informasion dasturi bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Rahim Mahkamov va Haydar Hasanov direktor o`rinbosari etib tayinlandi.

Telekanalning efirga chiqish sanasi hozircha noma`lum. Bir qator OAVda telekanal faoliyati 27 iyundan boshlanishi ma`lum qilingandi. Biroq MTRK tahririyati bu xabarni UZ24ga tasdiqlamadi. Ayni paytda bir qancha tashkiliy masalalar hal etilmoqda va yaqin vaqt ichida matbuot uchun rasmiy ma`lumot e`lon qilinadi, deya ta`kidladi kompaniya.

Avvalroq «Axborot», «Poytaxt» va «Davr» informasion dasturlari yopilishi va barcha axborot-tahliliy dasturlar yangi «O`zbekiston 24» telekanali orqali efirga uzatilishi ma`lum qilingandi.

    Boshqa yangiliklar