AsosiyDunyo

​Dubay polisiyasi bombani zararsizlantiruvchi dronni yaratdi

'​Dubay polisiyasi bombani zararsizlantiruvchi dronni yaratdi'ning rasmi

Dubay polisiyasi bombani zararsizlantiruvchi uchuvchisiz uchadigan samolyot (dron)ni yaratdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur dron sinovdan o`tkazildi, undan taymerli bombalarni zararsizlantirishda foydalaniladi.

Dron o`n daqiqa davomida uchishi mumkin u suvli pushka bilan jihozlangan. Dron yordamida transport vositalari va binolarning oynalarini sindirish mumkin. Bundan tashqari u kamera bilan jihozlangan bo`lib, bu narsa mutaxassislarning masofadan turib, bombani zararsizlantirishida katta yordam beradi.

Boshqa yangiliklar