Germaniyaning Vittenberg shahri markazidagi cherkovlardan birida ruhoniy-android o`z ish faoliyatini boshladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Temirqo`lli, burniga lampochka o`rnatilgan, qornida displeyi bo`lgan kvadrat robot cherkovga tashrif buyurgan odamlarni duo qiladi.
U duo qilishdan ilgari tashrif buyuruvchidan ayol yoki erkak ovozida duo eshitishni xohlashini so`raydi. Cherkovga keluvchilarning talablariga binoan android duoni qog`ozga chop etib berishi ham mumkin.
Lyuteran cherkovi vakili Sebastian fon Gerenning ma`lumot berishicha, tashrif buyuruvchilarning ba`zilari buni inqilobiy holat, deb qabul qilgan bo`lsa, ba`zilari qanday qilib, robot odamni duo qilishi mumkinligini tushunmagan. Ikkinchi tomondan robot haqida eshitgan, ilgari cherkovga kelmagan odamlar ham uni bir ko`rish maqsadida cherkovga serqatnov bo`lib qoldi.
Shunga qaramay, fon Geren robot tirik ruhoniyning o`rnini bosishiga qarshi, u bunday hol yuz bermasligini ta`kidladi.