1

​Kanadada sevishganlar mingan havo shari muhabbat izhoridan keyin daraxtga urildi (Video)

Dunyo 31.05.2017, 11:59
Teglar: Muhabbat, Video
​Kanadada sevishganlar mingan havo shari muhabbat izhoridan keyin daraxtga urildi (Video)

Ammo yigit mazkur voqeadan xafa bo`lmadi, aksincha shunday unutilmas kunda shunday voqea ro`y berganidan qalbi quvonchga to`ldi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Kanadaning Albert provinsiyasida yashovchi Stiven Martin (Stephen Martin) sevgan qizi Kristin Piters (Christine Peters)ning havo sharida uchish orzusini amalga oshirdi va parvoz vaqtida unga muhabbat izhor qildi. Ammo romantik parvozning fojiali yakun topishiga bir bahya qoldi. Havo sharida ulardan tashqari boshqa odamlar ham bor edi. Shar balandlikka ko`tarilgach, yigit qizga turmushga chiqishni taklif qildi va unga uzuk sovg`a qildi. Kristin yigitning taklifiga rozilik bildirdi. 12 metr balandlikka ko`tarilgan shar muvozanatni yo`qotib, daraxtlarga urildi. Havo sharining boshqaruvchisi uni muvaffaqiyatli ravishda dalaga qo`ndirdi. Martinning ma`lumot berishicha, tirnog`ining singanini hisobga olmaganda, boshqa tan jarohati olmagan. U imkon bo`lsa, yana havo sharida parvoz qilish istagi borligini bildirdi.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1