1

​Bir yilda 53 ta avtoulovni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxs qo`lga olindi

Jamiyat 31.05.2017, 12:32
Teglar: Jinoyat, ​Ichki ishlar
​Bir yilda 53 ta avtoulovni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan shaxs qo`lga olindi

2016 yilning 30 may kuni Atabek Axrarbekovich Mamirbekov, Sergeli tumani hududida, fuqaro Mexroj Maxmudovning ishonchiga kirib, unga tegishli bo`lgan “Lasseti” avtoulovini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, keyinchalik Sherzod Shoraxmedovga avtoulovni 9000 AQSh dollariga sotib yuborgan va olgan pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Mamirbekovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, Mamirbekov 2016 yil mart oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida firibgarlik yo`li bilan 53 nafar fuqarolarga tegishli bo`lgan avtoulovlarni qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning xar qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Ichki ishlar vazirligida shaxsiy tarkib bo`yicha lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

12.12.2021, 21:25

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim qator tayinlovlar amalga oshirildi. O`zbekiston IIV axborot xizmati bu haqda xabar berdi.Unga ko`ra, podpolkovnik Utemuratov Azat...
1 500 dollar evaziga fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

20.09.2021, 12:16

Fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1