AsosiyJamiyat

​Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

'​Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi'ning rasmi

Qarshi shahar O`zbekiston ko`chasida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini (keyingi o`rinlarda maktab-internat deb ataladi) tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Qarori imzolandi. Qarorning to`liq matni Lex.uz’da e`lon qilindi.

Maktab o`zbek adabiyoti rivojiga nodir iste`dodi, badiiy teran, falsafiy she`rlari, dramatik va publisistik asarlari, doston va tarjimalari orqali ulkan hissa qo`shgan O`zbekiston Kahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning iste`dodlarini keng namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Qarorga ko`ra, 2017-2018 o`quv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 o`quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o`quvchilar qabul qilinadi.

Xalq ta`limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o`quvchilarni qabul qilish kvotalariga o`zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, Xalq ta`limi vazirligi bir oy muddatda maktab-internatni joylashtirish uchun Qarshi shahar O`zbekiston ko`chasi 219-uyda joylashgan «Barkamol avlod» markazining 150 o`rinli o`quv binosini rekonstruksiya qilish, 50 o`rinli yotoqxona va 50 o`rinli oshxona binolarini qurish bo`yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2017 yilning 1 sentyabriga qadar foydalanishga topshirilishi ta`minlanishi topshirildi.

Xalq ta`limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 o`quv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli o`quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar