AsosiyJamiyat

​Bir kunda Toshkent shahar hududida 11 ta qurigan o`t yonishi bilan bog`liq yong`in yuzaga keldi

'​Bir kunda Toshkent shahar hududida 11 ta qurigan o`t yonishi bilan bog`liq yong`in yuzaga keldi'ning rasmi

Bir kun davomida yong`in o`chirish bo`linmalari tomonidan Toshkent shahar hududida 11 ta qurigan o`t va shox-shabba yonishi bilan bog`liq yong`inlar bartaraf qilindi. Bu yong`inlarning yonish maydoni o`rtacha 200 metr.kv.ni tashkil qiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Bunday yong`inlarning maydoni bo`yicha eng kattasi soat 12:35 da Sergeli tumanidagi Aeroport hududida sodir bo`lib, yong`in maydoni taxminan 200 metr. kv. tashkil qiladi. Undan tashqari, Bektemir tumani Oltin topgan ko`chasi 32-uy oldida 200 metr.kv. maydonda quruq o`t yongan.

Barcha holatlarda alanganing fuqarolar yashash joylariga o`tib ketishiga yo`l qo`yilmagan.

Boshqa yangiliklar