AsosiyDunyo

​Moskvalik erkak o`g`rilardan himoya qilish uchun mashinasiga “mina qo`ydi”

'​Moskvalik erkak o`g`rilardan himoya qilish uchun mashinasiga “mina qo`ydi”'ning rasmi

Moskvalik erkak o`g`rilarni cho`chitish maqsadida mashinasiga “mina qo`yilgan”, deb yozib qo`ydi, deya xabar berdi Ntv.ru nashri.

Moskva shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi avtomobil egasining harakatlari qonuniyligini o`rganmoqda.

IIV xabaridan: “Cheryomushki tumanidagi Novocheryomushkinskiy ko`chasidagi uylardan birida yashovchi odamlar hovlida oynasiga “mashinaga mina qo`yilgan” deb yozilgan, Mercedes-Benz rusumli avtomobil turganligini ma`lum qildi.

Voqea joyiga iti bilan etib kelgan kinolog, mashinani tekshirib, birorta xavfli buyum topmadi. Mashinaning egasi Moskvada yashovchi 51 yoshli erkak ekanligi aniqlandi. U avtomobilni yaqinda sotib olganini, hali signalizasiya qo`yishga ulgurmaganligini, o`g`rilarni qo`rqitish maqsadida mazkur yozuvni yozganligini ma`lum qildi. Ayni paytda mazkur fakt yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar