“Maftuningman-2” filmining suratga olish jarayoni ayni qaynoq pallada.
Dastlab Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida (6 kun), Xorazm viloyatining Xiva shahrida (4 kun), Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahri va Mo`ynoq tumanida (4 kun), Buxoro shahrida (4 kun), Samarqand shahrida (1 kun) suratga olish jarayonlari nihoyasiga etdi.
Bugun – 1 iyun kuni kinoijodkorlar suratga olish ishlarini Jizzax shahrida davom ettirishdi. Shundan so`ng ijodiy guruh Toshkentga qaytadi. Qisqa muddatli tanaffusdan keyin esa suratga olish ishlari Toshkentda va Farg`ona vodiysi bo`ylab bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, film 2017 yilning 12 mayidan suratga olina boshlandi.
Quyida Boysun, Xiva va Qoraqalpog`istondagi suratga olish jarayonlaridan lavhalar tomosha qilishingiz mumkin.