AsosiyJamiyat

​Kinematografiyani rivojlantirish markazi kino sohasida ilk tanlovini e`lon qildi

'​Kinematografiyani rivojlantirish markazi kino sohasida ilk tanlovini e`lon qildi'ning rasmi

Kinematografiyani rivojlantirish markazi qisqa metrajli filmlar loyihalari uchun tanlov e`lon qildi.

Tanlovda o`zi taqdim etgan loyiha asosida qisqa metrajli filmni suratga olishni istovchi barcha yoshdagi professional va havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun Kinematografiyani rivojlantirish markazining www.krm.uz veb-sayti va Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida joylashtirilgan shaklda to`ldirilgan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar taqdim etiladi.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari, tanlov o`tkazish tartibi va shartlari, talabgorlar tomonidan taqdim qilinadigan materiallarni baholash mezonlari, shuningdek boshqa zaruriy ma`lumotlar bilan Markazning yuqorida qayd etilgan veb-sayti va internet tarmog`idagi sahifasida joylashtirilgan “Qisqa metrajli filmlar loyihalari tanlovi to`g`risida”gi Nizomida tanishish mumkin.

Markaz quyidagi loyihalarni ko`rib chiqmaydi:

  • kinosolnomalar;
  • tezkor videotasvirga olish zarurati yuzaga kelgan muhim madaniy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etuvchi hodisalar;
  • ijtimoiy yo`nalishdagi videofilmlar va roliklar.
  • Markaz tanlovda g`olib bo`lgan eng yaxshi qisqa metrajli film loyihasini moliyalashtirish bilan birga loyihani taqdim etgan ijodkorga filmni ishlab chiqarish ishlariga ko`maklashadi va yaratilgan filmni mahalliy va nufuzli xalqaro kinofestivallarda qatnashishini ta`minlaydi.

    Hujjatlar 2017 yil 1 iyundan 25 iyungacha qabul qilinadi.

    Hujjatlar “Kinematografiyani rivojlantirish markazi” nomiga “O`zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertda yoki 100100, Toshkent shahri, Muqimiy ko`chasi, 8-uy manzili bo`yicha qabul qilinadi. Ma`lumot uchun telefonlar: (0-371) 230-91-91, 253-48-17.

    Eslatib o`tamiz, Kinematografiyani rivojlantirish markazi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti talabasi, yosh rejissyor Muxlisa Azizovaning qisqa metrajli “U” (“Ona”) nomli filmini suratga olishga ko`maklashgan.

    Mazkur film 70-Kann kinofestivalining qisqa metrajli filmlar burchagida (Short Film Corner) ko`plab professional ijodkorlarning asarlari qatorida namoyish qilindi.

    Boshqa yangiliklar