AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatining Xo`jaobod tumaniga tashrif buyurdi

'Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatining Xo`jaobod tumaniga tashrif buyurdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev “Andijon biokimyo zavodi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xo`jaobod tumanida tashkil etilgan bog`ni borib ko`rdi.

Xo`jaobod tumanidagi lalmi maydonda tashkil etilgan yong`oqzor va tokzor ham shu maqsadga qaratilgan. Bu erda 20 gektarga Kaliforniya yong`og`i, 23 gektarga tok navlari ekilgan. Kelgusida ekin maydoni kengaytirilib, meva turlari ko`payadi. Qator oralariga bulg`or qalampiri, piyoz, kartoshka, loviya, moshning xaridorgir navlari va boshqa sabzavotlar ekiladi, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz o`rmon xo`jaligini rivojlantirishga oid qaror mazmun-mohiyatiga to`xtaldi. Andijonning ilmiy va mehnat salohiyatidan foydalanib, bu yo`nalishda ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish, xaridorgir mahsulotlar etishtirish orqali xalqimizning daromadini ko`paytirish zarurligi ta`kidlandi. Andijon qishloq xo`jaligi instituti va kollejlarda o`rmonchilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Shu erda Qo`rg`ontepa tumanidagi “Bog`i Furqat” fermer xo`jaligi bazasida qishloq xo`jaligi urug`chiligi va ko`chatchilikni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi. Bu erda zamonaviy biotexnologiya (In vitro texnologiyasi) asosida laboratoriya tashkil etilib, virussiz urug` va ko`chatlar etishtirish yo`lga qo`yiladi. Bunday o`simliklar kasalliklarga chidamli bo`ladi, ularni yil bo`yi ekish mumkin. Qiymati 1,6 milliard so`m bo`lgan ushbu loyiha samarasida eksportbop qishloq xo`jaligi mahsulotlari urug` va ko`chatlari etishtiriladi, agrosanoat tarmoqlari va aholiga etkazib beriladi. 38 ish o`rni yaratiladi.

Mamlakatimiz qishloq xo`jaligi salohiyatini yanada oshirish maqsadida barcha hududlarda gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ixcham va samarador bunday issiqxonalar yuqori sifatli poliz mahsulotlari etishtirish, minglab ish o`rinlari yaratish imkonini beradi.

Boshqa yangiliklar