Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari va hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan haftaning payshanba kunlari o`tkazib kelinayotgan profilaktika tadbirlari doirasida ma`lumot berdi.
Mazkur yo`nalishda ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning ohirgi besh oyi davomida 140 minga yaqin shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi, 400 nafardan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo`lga olinib, 300ga yaqin jinoyatlar fosh etildi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 200 mingdan ortiq profilaktika suhbatlar o`tkazildi.
Asosiy e`tibor, voyaga etmaganlar va yoshlar tariyasiga qaratilib, o`quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta`lim muassasalaridagi davomatini ta`minlash bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida, dars mashg`ulotlariga sababsiz qatnashmagan 37 ming nafardan ortiq o`quvchilar aniqlanib, ta`limga qaytarildi. Farzandlarini nazoratsiz qoldirgan ota-onalar va ta`lim muassasalari xodimlariga tegishli choralar ko`rildi.






