1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida poytaxt hududida Toshkent shahar IIBB Yo`l-harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Xalq ta`lim bosh boshqarmasi, Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda “Targ`ibot avtokarvoni” tashkil etildi.
Avtokarvonni tashkil etishdan maqsad bolalar bilan bog`liq yo`l-transport hodisalarining oldini olish ishlarining samaradorligini oshirish, shuningdek ushbu yo`nalishdagi ishlarga keng jamoatchilik e`tiborini qaratish bo`ldi.
“Targ`ibot avtokarvoni” Toshkent shahri ko`chalarida harakatlanib, maxsus patrul avtomashinalarida ovozni kuchaytirgich moslamalari yordamida aholi ko`p to`planadigan joylarda fuqarolar o`rtasida og`zaki targ`ibot ishlarini olib boradi.
Asosiy maqsad, bolalar ishtirokidagi yo`l transport hodisalari muammosiga xalqning e`tiborini jalb qilish, yo`l harakati qoidalariga amal qilishni va bolalarni yo`llarda asrash bo`yicha targ`ibot ishlarini amalga oshirishdir.
17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...12.01.2023, 12:43
FVV qutqaruvchilari tomonidan Sergeli tumanida kanalga tushib ketgan avtomobil olib chiqildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, bugun, 12 yanvar kuni Toshkent...06.01.2023, 10:46
Bir muddat avval Toshkentda 47 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga nisbatan zo`ravonlik sodir etmoqchi bo`lgani haqida xabar va video berilgan edi.Voqeaga ko`ra, yozgi ta`til payti...