AsosiyDunyo

​Vladimir Putin 5 ta suiqasddan omon qolganligini ma`lum qildi

'​Vladimir Putin 5 ta suiqasddan omon qolganligini ma`lum qildi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida 5 ta suiqasddan omon qolganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

“Uch marta prezidentlik muddati davomida 5 marotaba suiqasd. Sobiq Kuba rahbari Fidel Kastro bilan taqqoslaganda bu raqam uncha ko`p emas. Kastrodan intervyu olganimda unga 50 marotabaga yaqin suiqasd uyushtirilganligini aytgan edi”, dedi Oliver Stoun.

Amerikalik rejissyor Oliver Stoun Vladimir Putin haqida film suratga olmoqda. Film to`rtta seriyadan tashkil topgan bo`lib, 12 iyun kuni premerasi o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar