1

​Sirdaryoda sayyor qabul tashkil etildi

Jamiyat 03.06.2017, 11:40
Teglar: Sirdaryo
​Sirdaryoda sayyor qabul tashkil etildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e`lon qilingan joriy yilda davlat boshqaruvi va jamoat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar vakillari joylarda sayyor qabullar o`tkazib, aholi bilan bevosita muloqotda bo`lmoqda, deb xabar berdi O`zA.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, odamlarni qiynayotgan muammolarga echim topishning zamonaviy mexanizm va samarali usullarini joriy etish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo`nalishiga aylanmoqda. Odamlarning dardini eshitish, og`irini engil qilish fuqarolarning davlat va jamiyatga bo`lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas`ul xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyatida o`tkazilgan sayyor qabullarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan muloqoti turli muammolarga o`z joyida echim topishning samarali usuli ekani yana bir bor o`z tasdig`ini topdi.

Sirdaryo, Yangier, Guliston shaharlari va Oqoltin tumanida o`tkazilgan sayyor qabullarda 500 ga yaqin murojaat turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida ko`rib chiqildi.

Joriy yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga viloyatdan 15 ming 368 murojaat kelib tushgan. Prezidentimizning Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasiga 5 ming 425 murojaat bo`lgan. Ularning asosiy qismi uy-joy olish, uy-joy qurish uchun er ajratish, moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta`minoti, mehnat va bandlik, sud qarorlari ijro etilishi, sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlarining ko`rilishi, bank-moliya va soliqqa tortish, ta`lim, sog`liqni saqlash sohalari, tadbirkorlik, kommunal xizmat, huquqni muhofaza qilish masalalariga taalluqlidir. Sirdaryo shahrida o`tkazilgan sayyor qabulda Sayxunobod tumani Farovon mahallasida yashovchi Xosiyat Mamatova o`zi va turmush o`rtog`i nogironligi, 11 yoshli o`g`lining sunnat to`yini qilolmayotgani, bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, mahalla bu borada hech qanday yordam ko`rsatmayotgani yuzasidan murojaat qildi.

– Bugungi qabulda 6 yildan buyon hal bo`lmay kelayotgan masalaga echim topildi, – deydi X.Mamatova. – O`g`limning sunnat to`yini tuman hokimligi Ramazon oyidan keyin o`tkazib berishni o`z zimmasiga oldi. Biz kabi ehtiyojmand oilalarning og`irini engil qiladigan shunday tizimni yo`lga qo`ygan davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

– Prezidentimizning Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasiga tumanimizdan 400 dan ortiq murojaat tushgan, – deydi Sayxunobod tumani hokimi Nosir Egamberdiev. – Har bir murojaatni atroflicha o`rganib, imkon qadar o`z vaqtida hal etishga harakat qilmoqdamiz. Tan olish kerak, bugungi qabul davomida hali qilishimiz kerak bo`lgan ishlar ko`pligi ayon bo`ldi. Ishimizni qayta ko`rib, to`g`ri tashkil etishimiz zarur. Aholi muammolarini samarali hal qilish, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish, tuman iqtisodiyotini, xalq farovonligini yuksaltirish yo`lida yanada ko`proq mehnat qilamiz.

Sirdaryo tumani “Tadbirkor” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi Ma`mir Rustamov Sirdaryo – Baxt – Guliston shaharlari yo`nalishidagi jamoat transporti qatnovi ertalab juda kech boshlanishi, kechki payt esa vaqtli yakunlanayotganidan norozi bo`lib murojaat qilgan. Bu masala ham shu erning o`zida mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan ijobiy hal etildi. Haydovchilarning muomala madaniyatini oshirish borasida qat`iy ish olib boriladigan bo`ldi.

Yangier shahridagi sayyor qabulga kelgan Xovos tumani “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Nargiza Sodiqova avtohalokat tufayli ikki oyog`idan ajralgani, turmush o`rtog`i 2 farzandi bilan tashlab ketgani, uyda kasanachilik bilan shug`ullanishi uchun mehnat sharoiti yaratib berilishini so`rab murojaat qilgan.

– Sayyor qabulda murojaatim ijobiy hal etilib, tikuv mashinasi, material, hatto tikish uchun ip ham berildi, – deydi Nargiza opa. – Paxta terishga mo`ljallangan maxsus fartuklar tikaman. Mahsulotni cheklanmagan miqdorda korxonaning o`zi sotib oladigan, bank tomonidan plastik kartochkamga yangi namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uyning dastlabki to`lovi uchun 10 million so`m bo`nak mablag`i ham o`tkazib beriladigan bo`ldi. Ishli ham bo`ldim. Bugun men baxtliman, bir pasda hammasiga erishdim. Xalqning dardini tinglab, muammosini joyida hal etadigan bunday samarali tizimni yo`lga qo`ygan Prezidentimizdan, hukumatimizdan, barcha saxovatli insonlardan behad minnatdorman.

Sharhlar

Sirdaryo daryosida 11 kishi cho`kib ketdi, 6 nafar jasad olib chiqildi (video)

22.08.2023, 12:38

Qozog`istonning Turkiston viloyatidan o`tgan Sirdaryo daryosida 11 kishi suzish uchun belgilanmagan joyda cho`milish chog`ida cho`kib ketdi, deb xabar berdi "Kazinform" Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga...
Sirdaryoda "Lacetti" va "Nexia-2" ishtirokidagi YTHda 4 kishi halok bo`ldi (video)

07.09.2022, 12:25

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida sodir bo`lgan YTHda to`rt kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, joriy yil 3 sentyabr kuni...
Sirdaryodagi xonadonda 14 yoshli qiz o`ldirib ketildi

23.08.2022, 09:26

Sirdaryoda qotillik jinoyati sodir etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi. Ma`lum qilinigicha, 20 avgust kuni soat 04.00larda noma`lum shaxs...
Sirdaryoda "Jiguli", "Nexia-3" va "Isuzu" rusumli yuk avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

22.06.2021, 14:17

 Joriy yilning 22 iyun kuni soat 12:00 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan M-34 avtomobil yo`lining 98-kilometrida "Vaz-2106", "Neksiya-3" rusumli engil avtomobillar va "Isuzu"...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1