1

O`zbekistonda Yong`oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tuziladi

Jamiyat 03.06.2017, 11:43
Teglar: O`zbekiston, Shavkat Mirziyoev, Qaror, Prezident
O`zbekistonda Yong`oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tuziladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yong`oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to`g`risida» Qarori imzolandi. Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Qaror lalmi erlardan foydalanishni rag`batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo`lgan yong`oq ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish, xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong`oq plantasiyalarini barpo qilish hamda yong`oq etishtirish bo`yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, “Sag agro” va “Sam antep gilam” mas`uliyati cheklangan jamiyatlarining: Yong`oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etiladi.

Uyushma tarkibida mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklida Yong`oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi, Yong`oq logistika markazi, “Sag agro MTP” MChJ, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida hududiy “Yong`oqagro” MChJ tashkil etiladi.

“Sag agro” MChJ va “Sam antep gilam” MChJ, “Yong`oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ, “Yong`oq logistika markazi” MChJ, “Sag agro MTP” MChJ, shuningdek, hududiy “Yong`oqagro” mas`uliyati cheklangan jamiyatlari Yong`oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining muassislari hisoblanadi.

“Yong`oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi” MChJ yong`oqni mahalliy iqlimga moslashtirish va rayonlashtirish, serhosil, tez pishar, qurg`oqchilikka chidamli va virussiz navlari bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

Markaz yong`oq mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash bo`yicha xizmatlar ko`rsatishga, shuningdek, eksport qilinadigan mahsulotlarni tayyorlash va bojxona hujjatlari rasmiylashtiruvini ta`minlashga ixtisoslashadi.

Uyushma faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar hisobiga amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi Qishloq xo`jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda yong`oq plantasiyalarini barpo etish bo`yicha loyihalarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish hisobiga, bosqichma-bosqich moliyalashtirish manbalarini aniqlasin va 50 million AQSh dollarigacha bo`lgan miqdorda kredit mablag`lari ajratilishi ta`minlanadi.

Yong`oq plantasiyalarini barpo etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida Uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan chetdan olib kelinadigan O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tomchilatib sug`orish uskunalari, maxsus qishloq xo`jaligi texnikalari, yong`oq ko`chatlari, payvandtaglari, payvandustlari, onalik materiallari, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat asosida, bojxona to`lovlaridan (bojxona yig`imlari bundan mustasno) 2020 yilning 1 yanvarigacha bo`lgan muddatga ozod etiladi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Uyushmaning talabnomalariga asosan yong`oq plantasiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik yig`imlari va boshqa yig`imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Uyushmaning talabnomalariga asosan yong`oq plantasiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko`p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash manzillarida vaqtincha ro`yxatga olinishini va vaqtincha ro`yxatga olish muddati uzaytirilishi ta`minlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Uyushmaning talabnomalari bo`yicha yong`oq plantasiyalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy (O`zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo`lmagan) mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda qayd etilgan xorijiy fuqarolarga O`zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga rozilik berilishini (muddati uzaytirilishini) ta`minlaydi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1