Londonda sodir etilgan, 7 kishi halok bo`lgan va 48 kishi tan jarohati olgan terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi, deb xabar berdi Kommersant.ru nashri.
Eslatib o`tamiz, yakshanbaga o`tar kechasi London shahrida ikki marotaba terakt sodir bo`lgan edi. London ko`prigi va Boro tumanidagi bozorda mikroavtobus piyodalarni bosib ketdi, pichoq bilan qurollangan erkak esa yo`lovchilarga hujum qildi. Terakt oqibatida etti kishi halok bo`ldi, o`ndan ortiq odam yaralandi.
Mazkur terakt Buyuk Britaniyada so`nggi uch oy mobaynida sodir bo`lgan uchinchi teraktdir. Bundan roppa-rosa ikki hafta ilgari Manchester shahar stadionida sodir bo`lgan teraktda 22 kishi, mart oyida Britaniya parlamenti oldidagi hujumda 12 kishi halok bo`lgan edi.