AsosiyDunyo

​Manchesterda terakt qurbonlari xotirasi uchun xayriya konserti bo`lib o`tdi

'​Manchesterda terakt qurbonlari xotirasi uchun xayriya konserti bo`lib o`tdi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning 22 may kuni Manchester shahrida teraktda qurbon bo`lganlar xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan xayriya konsertiga 50 mingga yaqin tomoshabin yig`ildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Tomoshabinlar London shahrida terakt yuz berganidan qo`rqmay, bir necha daqiqada 50 mingta chiptani sotib olishdi. 22 may kuni Manchesterda konsert bergayotganda terakt sodir bo`lgan amerikalik xonanda Ariana Grande xayriya konsertida ishtirok etdi. Xudkush-terrorchi Salmon Obidiy tomondan sodir etilgan mazkur teraktda 22 kishi halok bo`lib, yuzdan ortiq odam yaralangan edi.

Konsertda Ariana Grandedan tashqari jahon yulduzlari Keti Perri, Mayli Sayrus, Jastin Biber, Robbi Uilyams va Coldplay guruhi ham ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar