AsosiyDunyo

​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi

'​Moskvada yashovchi o`zbekistonlik qiz soch bo`yog`idan vafot etdi'ning rasmi

Moskva shahrida yashovchi 19 yoshli o`zbekistonlik qiz soch bo`yashda ishlatiladigan gidroperit moddasidan foydalangandan keyin vafot etdi, deb xabar berdi Moslenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, polisiyaning navbatchilik bo`limiga Strelbishensk tor ko`chasida yosh qiz vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, vafot etgan qiz o`zbekistonlik bo`lib, onasi va ikki opasi bilan Moskva shahrida yashagan. Qizning onasi bergan ma`lumotga ko`ra, qizi sochini bo`yayotgan vaqtda birdan mazasi qochib, ko`ngli aynigan va qayt qilgan. Etib kelgan tez yordam xodimlari ham qizga yordam bera olmadi. Qizning tanasidan jarohat izlari, kuch ishlatish alomatlari topilmadi. Voqea joyi polisiyachilar tomonidan tekshirilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, o`lim sabablari o`rganilmoqda.

Gidroperit vositasidan uy sharoitida sochni rangsizlantirish maqsadida foydalaniladi. U suvga aralashtirilganda, peroksid vodorodi va karbamid suyuqligi kelib chiqadi.

Boshqa yangiliklar