AsosiyHidoyat sari

​Ramazonda saharlik uchun eguliklar...

'​Ramazonda saharlik uchun eguliklar...'ning rasmi

Ramazon oyining yozning issiq kunlariga to`g`ri kelgani bois saharda o`zingiz uchun quvvat va chanqoqbosdi bo`ladigan taomlarni iste`mol qiling.

GO`JA OShI

Ushbu taom vitaminga boyligi, to`yimliligi va tashnalikni chaqirmasligi bilan ahamiyatli.

Masalliqlar: 500 gr. go`sht, 300 gr. tayyorlangan jo`xori (yarim tayyorini ham ishlatsa bo`ladi) , 100 gr. yog`, 2 bosh piyoz, o`rtacha kattalikda 2 donadan kartoshka va sholg`om, ta`bga ko`ra kashnich va rayhon bog`lami.

Qozonga yog` solib, qizigach avval mayda to`g`ralgan go`shtni, so`ng piyozni solib, yaxshilab qovurasiz. So`ng suv quyib, tayyor ivitilgan jo`xorini soling. Taom 45 daqiqa qaynagach, to`rtburchak shaklda mayda to`g`ralgan kartoshka va sholg`omni qo`shing. Go`ja oshiga masalliqlarning barchasi pishgachgina tuz solinadi.

BODROQ TALQON

Zarur mahsulotlar: 500 gr. donga 200 gr. qand.

Tayyor qovurilgan bodroqni qand bilan birgalikda kelida tuying. So`ng uni yaxshilab elakdan o`tkazing. Talqonni saharlik taomidan so`ng sut, choy yoki qaymoqqa aralashtirib iste`mol qilish mumkin. Ushbu talqonni xuddi shu yo`sinda qovurilgan bug`doy, qo`qonjo`xori yoki qotgan nondan ham tayyorlash mumkin.

TURShAK SUVI

Masalliqlar: 1 kg. turshak va uch litr suv.

Sharbatni sovuq holda saharlikda ham, iftorlikda ham ichsa bo`ladi. U yurakka quvvat, tanaga darmon berish bilan birga chanqoqni ham qondiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar