AsosiyDunyo

​Amerikalik burunsiz tug`ilgan bola 2 yildan keyin vafot etdi (Foto)

'​Amerikalik burunsiz tug`ilgan bola 2 yildan keyin vafot etdi (Foto)'ning rasmi

AQShda burunsiz tug`ilgan Timoti Eli Tompson ismli bola 2 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Bolaning ota-onasi uning to`laqonli hayot kechirishi va nafas olishi uchun o`tkazilishi lozim bo`lgan operasiyaga pul to`plashga ulgurmaganligi bois, Timoti vafot etdi. Bu haqda Timotining otasi Jeremi Finch o`zining Facebook sahifasida xabar qoldirdi.


“Kecha kechqurun kichkintoyimizdan ayrildik. Nega bunday bo`lganini haliyam tushunmayapman, yuragimni og`riq g`ijimlayapti. Nima bo`lgan taqdirdayam, bu chiroyli bolakay hayotimda mavjud bo`lganidan mamnunman. U o`z poygasini erta yakunladi, uni qanchalik uyga qaytarishga harakat qilmaylik, qo`limizdan hech nima kelmadi. Hammasi Yaratganning irodasi... Samo darvozalari oldidi kichkintoyim bilan uchrashib, uning jajji qo`lchalarini tutishni intizorlik bilan kutib qolaman. Men seni sevaman, kichkintoyim...” , deb yozdi Finch.


Ba`zi OAVlarning ma`lumot berishicha, bu juda kam uchraydigan patologiya bo`lib, unda burun qisman yoki butunlay bo`lmaydi. Mazkur holat yangi tug`ilgan 197 million chaqaloqdan bittasida uchraydi. Eliga o`xshagan bolalar dunyo bo`yicha 36 nafarni tashkil etadi. Eli Tompson tug`ilgandan keyin 5 kun o`tgach, traxeotomiya operasiyasi qilingan edi. Shundan keyin u biroz engil nafas ola boshladi. Vrachlar yana bir operasiya o`tkazishga tayyor edi, ammo bolaning ota-onasi operasiya uchun zarur bo`lgan mablag`ni to`plashga ulgurmadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar