IShID nazorati ostidagi Mosul shahri (Iroq) yaqinidagi hududda yuz mingdan ortiq bola mavjud, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Bu haqda BMTning bolalar jamg`armasi (YuNISEF) ma`lumot berdi.
“Hisoblarga ko`ra, ayni paytda Mosul shahrining g`arbiy qismidagi tumanlarda va eski shaharda yuz mingdan ortiq o`g`il va qiz o`ta xavfli sharoitlarda yashamoqda”, — deb xabar berdi jamg`arma va bolalarni xavf-xatardan asrashga chaqirdi.
Iroq harbiylari o`tgan haftada jangarilar nazorati bo`lgan g`arbiy Mosulga hujum qilishlari haqida xabar bergan edi.