Rustam Azimov Bosh vazir o`rinbosari lavozimidan boshqa lavozimga o`tishi munosabati bilan ozod etildi.
Yangi Bosh vazir o`rinbosari etib sobiq moliya vazirining birinchi o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov tayinlandi. Bu haqda UZ24 xabar berdi.
Rustam Azimov 2000-2002 yillarda Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, 2003-2005 yillarda Iqtisodiyot vaziri, 2005-2016 yillarda Moliya vaziri lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 dekabrdagi farmoniga muvofiq, Azimov Rustam Sodiqovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish kompleksining rahbari lavozimiga tasdiqlangandi.