Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasining geografik-geologik va iqlim xususiyatlari ayrim hududlarda sel, toshqin, ko`chki kabi mavsumiy gidrometeorologik i geologik jarayonlarni keltirib chiqarishiga sabab bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Hukumati topshirig`iga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida FVDTning hududiy va funksional tizimlari tomonidan joylarda aholi yashash punktlari hamda iqtisodiyot ob`ektlarini suv toshqinlaridan himoya qilish bo`yicha bir qator amaliy tadbirlar bajarilmoqda.
Toshkent viloyati hududidan oqib o`tuvchi Chirchiq daryosining o`zanida va qirg`oqlarida kechiktirib bo`lmaydigan muhandislik-texnik va boshqa himoya ishlarni tashkil etish maqsadida bugungi kunda Yuqori-Chirchiq, Qibray, Yangiyo`l va Quyi-Chirchiq tumanlarining Chirchiq daryosi qirg`oq bo`yi hududlarida qirg`oqlarni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur hudulardagi qirg`oqlarni mustahkamlash va boshqa muhandislik-texnik ishlariga 100 dan ortiq maxsus texnika hamda 170 nafar kishi jalb etilgan.
Chirchiq daryosi qirg`oqlarida suv toshqinlari va sel oqimlarining salbiy oqibatlarini oldini olish bo`yicha ishlar davom ettirilmoqda.