AsosiyDunyo
4541

​Nyu-York gubernatori Trampga muhojirlarni deportasiya qilishni o`zidan boshlashni taklif qildi

'​Nyu-York gubernatori Trampga muhojirlarni deportasiya qilishni o`zidan boshlashni taklif qildi'ning rasmi

Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo AQSh prezidenti Donald Trampni migrasiya siyosati yuzasidan keskin tanqid qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Endryu Kuomi o`zi va Oq uy rahbarini muhojir, deb atadi va Amerikadan deportasiya qilingan ilk muhojir bo`lishga tayyorligini bildirdi. U bu haqda Donald Trampga qarata shunday dedi:

“Siz muhojirlarni deportasiya qilmoqchimisiz? Buni mendan boshlay qoling, men ham muhojirman. Bu erda hammamiz muhojirmiz, shu jumladan o`zingiz ham muhojirsiz, aziz do`stim”.

Nashrning ma`lum qilishicha, Trampning onasi AQShga Shotlandiyadan, otasining oilasi esa germaniyadan kelgan. Saylovoldi kampaniyasida Tramp noqonuniy muhojirlar tomonidan sodir etilgan jinoyat qurbonlari bilan faol muloqot qilgan edi. Uning fikricha, migrasiya masalasida qat`iyroq bo`lib, Meksika chegarasiga devor qurish lozim. Amerika prezidentining tanqidchilari uni AQSh hududida yashovchi, hech qanday qonunbuzilishlariga yo`l qo`ymgan 11 millionga muhojirning sha`niga putur etkazayotganlikda aybladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar