Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasining buyrug`iga asosan 2017 yilning may oyida Andijon shahrida faoliyat yurituvchi “Taraqqiyot teleradiokompaniyasi” MChJda tekshirish o`tkazildi.
Tekshirish nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan 2017 yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvali asosida o`tkazildi.
Tekshirish jarayonida sohaga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning mavjudligi, standartlar, texnik reglamentlar talablarining, lisenziya kelishuvi shartlarining bajarilishi, shuningdek, Inspeksiyaning vakolati doirasidagi boshqa masalalar ko`rib chiqildi va kamchiliklar aniqlandi.
Tekshirish natijalari yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning to`rttasi joyida bartaraf etildi, qolgan kamchiliklar yuzasidan ko`rsatma berildi hamda bajarilishi Inspeksiyaning Andijon viloyati hududiy bo`linmasi tomonidan nazoratga olindi.