AsosiyJamiyat

​“Buxoro” xalqaro aeroporti “MDHdagi eng yaxshi aeroport deb topildi

'​“Buxoro” xalqaro aeroporti “MDHdagi eng yaxshi aeroport deb topildi'ning rasmi

Moskvada may oyining so`ngga kunlari bo`lib o`tgan “Zamonaviy aeroportlar va ularni rivojlantirishning eng yangi an`analari” mavzusidagi 51-Moskva xalqaro konferensiyasida yillik “MDH mamlakatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti” tanlovi natijalari sarhisob qilindi.

Buxoro havo maskani “Aeroport rivojiga qo`shgan ulkan hissasi uchun” nominasiyasida birinchi o`rinni egalladi va kubok hamda diplom bilan taqdirlandi.

Fuqaro aviasiyasi “Aeroport” assosiasiyasi tomonidan Buxoro aeroportiga topshirilgan birinchi mukofot emas. Bugungi kungacha “Buxoro” aeroporti to`rt marta “MDH mamlakatlaridagi eng yaxshi aeroport”, uch marta “Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport” va ikki marta “Istiqbolli aeroport” sovrinlarini qo`lga kiritgan.

1999 yilda Buxoro aeroportiga xalqaro mavqe berilgan. 2011 yilda soatiga 400 yo`lovchiga xizmat ko`rsatadigan yangi aerovokzal majmuasi qurildi. 2016 yilda “Russkiy registr” xalqaro assosiasiyasining ISO 9001:2015 sertifikati olindi.

Bugungi kunda Buxoro aeroporti barcha turdagi «Boeing» havo kemalarini, shuningdek, A-310/320/321, An-124 «Ruslan» va boshqa samolyotlarni qabul qilish imkoniga ega.

Boshqa yangiliklar