AsosiyDunyo

​Vitaliy Klichkoga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'​Vitaliy Klichkoga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Ukraina milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) Kiev meri Vitaliy Klichkoga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

U ko`chmas mulkini yashirib, elektron deklarasiyada ko`rsatmaganlikda ayblamoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurashish markazi” jamoatchilik tashkiloti faollarining huquq-tartibot idorasiga qilgan murojaatidan keyin Vitaliy Klichkoga nisbatan tergov ishlari boshlandi. Mazkur tashkilot faollari 2016 yildan beri Vitaliy Klichkoga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atishni talab qilib kelgan edi. Keyinchalik “Korrupsiyaga qarshi kurashish markazi” jamoatchilik tashkiloti huquqshunoslari Byuroning ularni murojaatini ko`rib chiqmayotganlikda ayblab, sudga da`vo arizasi kiritishgan edi. Sud ham ularning da`vo arizasiga rad javobini bergandi. Ular Kiev shahar Apellyasion sudiga murojaat qilgandan keyin Ukraina milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) Vitaliy Klichkoga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atdi. Ukraina qonunlariga binoan mol-mulk haqida noto`g`ri axborot bergan odam jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vitaliy Klichko ham jarimaga tortilib, ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Boshqa yangiliklar