O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan o`rin olgan Eronga qarshi o`yinda ishtirok etish uchun bugun, 10 iyun kuni ertalab Tehron shahriga etib bordi.
Samvel Babayan shogirdlari Tehronda ilk mashg`ulotini o`tkazdi. Eronga qarshi bellashuvda ishtirok etish uchun 23 futbolchi Tehronga yo`l olgan. Quyida ular bilan tanishing:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Egor Krimes (“Beyjing Goan”, Xitoy), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo`qon-1912”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”), Server Jeparov (“Istiqlol”, Eron), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Vadim Afonin (“Orenburg”, Rossiya);
Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo`ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog`iston).
Tailandga qarshi (2:0) o`rtoqlik o`yinida jarohat olgan Marat Bikmaev Tehron safarini o`tkazib yuborishga majbur bo`ldi. Shuningdek, milliy terma jamoa yig`iniga chaqirilgan Javohir Siddiqov, Islomjon Qobilov va Aziz G`aniev O`zbekiston U-22 termasi ixtiyoriga yuborildi. Ravshan Haydarov jamoasi 10–15 iyun kunlari Xitoyda o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkao`ib, 13 iyun kuni Xitoy yoshlariga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.
Eslatib o`tamiz, Eron – O`zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.