​AQShda Betmen rolini ijro etgan aktyor — Adam Uest vafot etdi

Dunyo 12.06.2017, 09:47
Teglar: Aktyor, AQSh, vafot etdi
​AQShda Betmen rolini ijro etgan aktyor — Adam Uest vafot etdi

Betmen rolini ijro etgan amerikalik aktyor Adam Uest 88 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

U 1960 yilda ekran yuzini ko`rgan “Betmen” teleserialida Betmen rolini o`ynagan.

Uest Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida, oila a`zolari va yaqinlari qurshovida vafot etdi. Aktyor oxirgi paytlarda leykemiya kasalligidan aziyat chekkan.

“Betmen” teleseriali Amerikaning AVS telekanalida— 1966 yilning 12 yanvaridan to 1968 yilning 14 martiga qadar namoyish etilgan. Mazkur serialning 120 ta epizodi efirga uzatilgan. “Betmen” seriali hozirda parodiya deb qabul qilinganiga qaramay, o`sha paytlarda eng xit film bo`lgan. Mazkur film qanchalik tez mashhurlikka erishgan bo`lsa, shunchalik tez obro`sini yo`qotdi. Uest esa bir obrazdagi aktyorga aylanib, karerasi davomida boshqa birorta esda qoladigan rolni ijro etmadi. Adam Uest multfilmlarga ham ovoz bergan.

Sharhlar

AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
AQShda eng zamonaviy "ko`rinmas" bombardimonchi samolyot namoyish etildi

03.12.2022, 12:40

AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...
Xitoy TIV vakili AQShning ettita davlatni bosib olish haqidagi rejasini e`lon qildi. U qaysi davlatlar? (video)

12.10.2022, 11:42

Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...
Bayden ikkinchi muddatga saylanish istagini bildirdi

05.10.2022, 11:12

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...